
BAA chempionati. Hamdamov jamoasi yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizionida 14-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Doston Hamdamov harakat qilayotgan "Al-Nasr" klubi 2-pog‘onadagi "Al-Jazira" mehmoni bo‘lib, yirik 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Doston uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshladi va 58-daqiqada o‘z o‘rnini Valentiniga bo‘shatib berdi.
"Al-Nasr" ayni damda 14-turdan so‘ng 24 ochko bilan 4-o‘rinda ketmoqda. "Al-Jazira" esa ochkolar sonini 30taga etkazib oldi.
Fikrlar