BAAga qarshi bahsda eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan futbolchilarimiz va ularning ko‘rsatkichlari bilan tanishing

  • 16.10.2024 16:30
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashining uchinchi bosqichi 4-turi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Yomg‘irli ob-havo va tarkibdagi bir nechta o‘zgarishlar dastlab futbolchilarimizga biroz noqulay vaziyatlar tug‘dirdi. Himoyachilarimizning bir-birlarini o‘zaro tushuna olmay raqibga bir necha bor to‘pni topshirib qo‘ygani va hujumchilarimizning golga aylanishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda o‘z pozitsiyalarini egallay olmagani  shular jumlasidan.

Biroq, tezda o‘zini o‘nglab olgan futbolchilarimiz o‘yin nazoratini  o‘z qo‘liga oldi. Ikkinchi bo‘limda yaratilgan ketma-ket hujumlar davomida terma jamoamiz foydasiga belgilangan penalti bellashuvdagi yagona golga sabab bo‘ldi. 

Mazkur qiyin kechgan bahsdagi g‘alabada barcha pozitsiyalardagi futbolchilarimizning o‘rni juda katta.

"Sofa Score" portali kechagi bahsdagi futbolchilarimiz harakatlarini baholadi. Unga ko‘ra vakillarmiz orasida eng yuqori ballarga Otabek Shukurov (8.1 ball), Husniddin Aliqulov (7.9 ball) va O‘tkir Yusupov (7.9 ball) loyiq topildi.

Quyida mazkur uch futbolchimizning kechagi bahsdagi ko‘rsatkichlari bilan tanishishingiz mumkin.

Otabek Shukurov 

  • Maydonda harakat qildi - 90 daqiqa
  • Gol - 1 ta
  • To‘pga teginishlar soni - 84 marotaba
  • Uzatmalarning aniqligi - 56/65 (86%)
  • Kalit uzatmalar - 1 ta
  • Uzun uzatmalar (va ularning aniqligi) - 3 ta (3)
  • Aniq zarbalar soni - 2 ta
  • Maydondagi duellar va ulardagi ustunlik - 7/4
  • Havodagi duellar va ulardagi ustunlik - 2/2
  • Pozitsiyani boy berib qo‘yish - 14 marotaba

Husniddin Aliqulov 

  • Maydonda harakat qildi - 90 daqiqa
  • To‘pga teginishlar soni - 81 marotaba
  • Uzatmalarning aniqligi - 53/60 (88%)
  • Kalit uzatmalar - 1 ta
  • Maydondagi duellar va ulardagi ustunlik - 6/5
  • Havodagi duellar va ulardagi ustunlik - 7/6
  • Pozitsiyani boy berib qo‘yish - 11 marotaba
  • Uzun uzatmalar va ularning aniqligi - 8/6
  • Aniq zarbalar soni - 2 ta
  • To‘pni toza olib qo‘yish - 1 marotaba

O‘tkir Yusupov 

  • Maydonda harakat qildi - 90 daqiqa
  • Seyvlar soni - 5 ta
  • To‘pga teginishlar soni - 27 marotaba
  • Uzatmalarning aniqligi - 12/16 (75%)
  • Uzun uzatmalar va ularning aniqligi - 11/7

Mazkur ko‘rsatkichlar bilan ushbu futbolchilarimiz bahsning eng yaxshi futbolchilari bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!