Bahodir Ahmedov: "To‘g‘ri, guruhdan chiqdik, lekin juda yomon o‘ynadik"

  • 29 sentabr, 2022, 18:22
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha Kuvayt mamlakati mezbonlik qilayotgan Osiyo Kubogida 2-tur uchrashuvlariga start berildi. Ketma-ket ikkinchi bahsda zafar quchgan O‘zbekiston muddatidan oldin keyingi bosqich masalasini hal etdi.

Tecno

Tojikiston mag‘lub etilgan bellashuvdan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Raqib bugun juda yaxshi qarshilik ko‘rsatdi. Jamoamga kelsak, birinchi taymda ancha yaxshi harakat qildik. Ikkinchi bo‘limdagi o‘yinimizdan qoniqmadim. To‘g‘ri, guruhdan chiqdik, lekin juda yomon o‘ynadik.

Endi 1 oktyabr kungi Bahraynga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. So‘ngra, pley-offda kim bilan o‘ynashimizga qarab, o‘sha raqiblarni o‘rganamiz.

Bu erda barchasi bitta o‘yinda hal bo‘ladi. Shuning uchun har bir jamoani o‘rganib, ularga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko‘rganmiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!