
Bahodir Ahmedovning Eronga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati nimchorak final bosqichdan o‘rin olgan O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur o‘yinda terma jamoamiz 8:9 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so‘ng termamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Eron juda kuchli jamoa. Dunyo bo‘yicha 3-4 o‘rinda turadi. Yigitlar juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. O‘zimiz yaratgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Orqada yo‘l qo‘ygan xatolar sababli mag‘lubiyatga uchradik.
Bundanda yaxshiroq natija ko‘rsatishimiz mumkin edi. Futbolchilardan ko‘nglim to‘q. Keyingi musobqalarda saviyamizni oshirishga harakat qilamiz. Xudo xohlasa, keyingi turnirlarda yanada yaxshi natijalar kutsak bo‘ladi. Yoshlardan iborat zo‘r jamoamiz bor", -dedi murabbiy.
Fikrlar