Bahodir Jalolov “IBA chempionlar oqshomi”dagi raqibi haqida fikr bildirdi

  • 1 aprel, 2024, 12:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek, 14 aprel kuni Toshkentda tashkil etiluvchi “IBA chempionlar oqshomi”da Bahodir Jalolov ham jang qiladi. U xorvatiyalik Agron Smakichiga qarshi ringga ko‘tariladi. Biz ushbu raqib haqida Bahodirni fikrlari bilan qiziqdik

Tecno

.- Ha, raqib ma’lum bo‘ldi. Xorvatiyalik anchagina yaxshi saviyadagi bokschi Agron Smakichi bilan jang qilaman. Jiddiy bokschi 22 ta jangdan 20 tasida g‘alaba qozongan. Yaxshi jang bo‘ladi. Toshkentda, o‘z vatanimizda ringga ko‘tarilaman. Albatta, barchasi Allohdan! Nasib qilsa, chiroyli g‘alaba bilan barchani xursand qilaman.  
Ma’lumot uchun, ularning jangi 8 raund yilib belgilangan. Hamyurtimiz joriy yil Parijda bo‘lib o‘tuvchi Olimpiadaga ham litsenziyani qo‘lga kiritgan. shuningdek, professional boksda 14 ta jang o‘tkazib, barchasida muddatidan avval g‘alabani qayd etgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Дядя ПИТЕР.!
01/04/2024 17:24
Омад.!