Bahodir Jalolov professional boksda navbatdagi jangini o‘tkazdi

  • 13 dekabr, 2020, 09:34
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Bugun, tongda Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolov professional boksda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Professional boksning superog‘ir vazn toifasida faoliyatini olib borayotgan hamyurtimizga  Meksikada tashkil etilayotgan boks oqshomida  Uilfredo Lil (10-18-3, 8KO) raqiblik qildi.

Tecno

Jangda to‘liq ustunlik qilgan hamyurtimiz raqibini bir necha bor nokdaun holatiga tushirganidan so‘ng, referi jangni davom ettirish mantiqsizligini tushundi chog‘i jangni yakunladi. Shu tarzda Jalolov professional boksdagi mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirgan holda, faoliyatidagi ettinchi g‘alabasiga erishdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!