Bahrayn-2025. Engil atletikada yana bir oltin medalni qo‘lga kiritdik

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bahrayn davlatining Manama shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi III yoshlar Osiyo o‘yinlari kompleks musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Umidli engil atletikachilarimizdan biri Anastasiya Silchenkova ham g‘oliblar qatoridan joy oldi. Qizlar o‘rtasida 3000 metr masofaga kechgan bellashuvda hamyurtimiz 9:43.61 daqiqa vaqt bilan marraga birinchi bo‘lib etib keldi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!