Bakayoko Milanda qolishi mumkin, faqat...

  • 8 may, 2019, 16:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Milan" safida ijarada o‘tkazayotgan "Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko yozda Milan shahrining boshqa bir jamoasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Tecno

Mediaset nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli frantsiyalik futbolchiga "Inter" klubidan qizqishlar paydo bo‘lgan. O‘z navbatida jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo bilan mojaro keltirib chiqargan futbolchini "Milan" rahbariyati ham tarkibda olib qolishni rejalashtirmayapti.

Ma’lumot uchun, Bakoyokoning transferi 35 mln evroga baholanmoqda. U joriy mavsum “rossonerilar” safida jami 39ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!