
Balotelli "Marsel"dan ketganini e’lon qildi
Italiyalik hujumchi Mario Balotelli "Marsel" klubidan ketishini ma’lum qildi.
“Marsel”da o‘tgan ajoyib 5 oy uchun barchaga minnatdorchilik bildiraman, garchi biz qo‘yilgan vazifani uddalay olmagan bo‘lsakda. Murabbiylarga, futbolchilarga, klub prezidentiga va jamoaning barcha a’zoalriga rahmat aytaman. Ko‘rishguncha”, - deb yozadi Balotelli o‘zining Instagramdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Balotelli “Marsel” safiga joriy yilning yanvarida “Nitstsa”dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Ma’lumot uchun, u joriy mavsum “Marsel” safida Frantsiya chempionatida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol urishga erishdi.
Fikrlar