
Baquvvat hujumchi sotib yuboriladi
“Chelsi” o‘z tarixidagi eng qimmat transfer sohibi Romelu Lukakudan butunlay voz kechadigan bo‘ldi. O‘tgan mavsum “aristokratlar” safida o‘zini ko‘rsata olmagan belgiyalik futbolchi hozir ijara asosida “Inter”ga qaytib kelgan.
Bu futbolchi jismonan baquvvat bo‘lganiga qaramay, keyingi paytda juda ko‘p jarohat olmoqda va milanliklarga ham kutilgan darajada yordam bera olmayapti. Mavsum boshidan beri barcha turnirlarda atigi ikkita to‘p kiritgani shundan dalolat.
Qolaversa, Lukaku jahon chempionatiga qadar jarohat tufayli maydonga tusholmaydi. “Chelsi” yozda Romeludan butunlay qutilmoqchi. Lekin qimmat o‘yinchiga xaridor yo‘q.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “aristokratlar” oldida turgan yo‘l “Inter” bilan ijara shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirishdan iborat.
Fikrlar