Asosiy mazmunga oʻtish

Barchasi o‘zgardi! "Humo" OXLdagi debyut o‘yinini Toshkentda o‘tkazadi

Shahzod
Izohlar: 0

Oliy Xokkey ligasi (VXL)ning 2019/20 yilgi mavsumi uchun yangilangan taqvimi e’lon qilindi.

Xabaringiz bor, Toshkentning "Humo" klubi joriy yildan e’tiboran OXLda ishtirok etadi. Bundan bir muddat ilgari mazkur turnirning taqvimi e’lon qilingan edi. Unga ko‘ra, "Humo" mavsumni Xitoyning Gilin shahri sharafini himoya qiluvchi "Tseng Tou" klubiga qarshi o‘yin bilan boshlashi aytilgan edi.

Ammo bir muddat o‘tib, Ligaga yana ikki klub - "Rostov" va "KRS-Pekin" jamoalarining qo‘shilishi natijasida turnir reglamenti va taqvimi o‘zgartirildi. Endilikda OXLda 34 jamoa ikki konferentsiya va to‘rt divizionga ajratilgan holda ishtirok etadi. Divizionlar jamoalarning geografik hududidan kelib chiqib shakllantirilgan.

 Demak, yangi taqvimga ko‘ra, Evgeniy Popixin boshqaruvidagi "Humo" 11 sentyabr kuni o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazadi. Shu kuni toshkentliklarga "XK Ryazan" jamoasi raqiblik qiladi. Oradan ikki kun o‘tib esa Qozonning "Bars"i Toshkentda mehmon bo‘lsa, 15 sentyabr kuni "Torpedo-Gorkiy"ga qarshi bahs bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q