Barqarorlik reytingi: "Paxtakor", "Navbahor" va Navbahor eng yaxshilar, "Neftchi" esa...
"Superliga reglamenti"ning 3.4-bandi asosida Liga barqarorlik reytingini shakllantirib bormoqda. 2027 yildgi mavsumdan e’tiboran mazkur ko‘rsatkichlar bir qator mezonlarga ta’sir ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq 2025 yildgi mavsum bo‘yicha reyting e’lon qilingan bo‘lib, unda "Paxtakor", "Nasaf" va "Dinamo" klublari dastlabki uchtalikdan joy olgandi. "Neftchi" garchi Superligani chempion sifatida yakunlagan bo‘lsa-da, klubning U19 va U21 chempionatlari, shuningdek, mamlakat kubogidagi natijalari kuchli uchtalik uchun kamlik qilgandi.
So‘nggi 5 yillik natijalariga ko‘ra ham mamlakatning ikki eng yaxshi klublari "Paxtakor" va "Nasaf" bo‘lib turibdi. Toshkent klubi taqibchisidan 18 ochko ilgari lab ketgan. Kuchli uchtlikni esa "Navbahor" yakunlagan. OKMK, "Bunyodkor" keyingi o‘rinlardan joy olgan.
Ma’lumot uchun, so‘nggi besh yillik natijalari 2026 yildgi mavsum so‘ngida yana hisob-kitob qilinadi. Bunda 2021 yildgi mavsum natijalari ayirib tashlanadi va hisoblash 2022 yildgi mavsumdan boshlanadi.

Fikrlar