"Barsа" Niderlandiyadan yangi markaziy himoyachi topdi
Niderlandiyaning «Tvente» jamoasida to‘p surayotgan yosh markaziy himoyachi Ryud Neystad katta klublar e’tiborini o‘ziga qaratdi. Bu haqida Voetabal International nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» 18 yoshli futbolchini sotib olish bo‘yicha rasmiy taklif yo‘llagan. Biroq «Tvente» bu taklifni qabul qilmagan va hozircha futbolchini qo‘yib yuborish niyati yo‘qligini bildirgan.
Shu bilan birga, transfer oynasi yopilguniga qadar kataloniyaliklar taklifni yaxshilab, yana bir bor urinib ko‘rishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Ryud Neystad joriy mavsumda «Tvente» tarkibida 6 ta o‘yinda maydonga tushgan. U hali gol yoki golli pas bilan ajralib turmagan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar