“Barsa” afsonasi bizda o‘ynab yuribdi
PSJ sport direktori Luish Kampush jamoaning argentinalik legioneri Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
- Meni Messining bu mavsum ko‘rsatayotgani o‘yini to‘liq qoniqtirmoqda. Lionel – “Barselona” afsonasi.
U o‘zi uchun begona shaharga keldi, umuman boshqacha o‘yin usulini ko‘rdi, turli raqiblarga duch keldi.
Endi hozirgi mavsumga kelib, safimizda avvalgi darajasiga qayta olgan Lionel Messi borligidan baxtiyormiz, - dedi Luish Kampush.
Messining parijliklar bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Klub rahbariyati unga yangi bitim berishni rejalashtirgan.

Fikrlar