
“Barsa” Angliya klubi ololmagan yulduzga og‘iz solyapti
“Vest Xem” yozgi transferlar vaqtida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubidan frantsiyalik legioner Ngolo Kanteni olishga urinib ko‘rdi.
Biroq, saudiyaliklar bu transferga ko‘nmadi.
Endi “Barselona” 33 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Kante yaqinda Germaniya mezbonlik qilgan Evropa chempionatida yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatgani uni Evropaga qaytarmoqchi bo‘lgan jamoalar sonini ortishiga sabab bo‘lyapti.
Ekspertlar kataloniyaliklarga ham Kanteni olish oson bo‘lmasligini ta’kidalmoqda. Chunki “Al-Ittihod” tajribali futbolchini jamoaning asosiy figuralaridan biri sifatida qadrlaydi.
Kante o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 44 marotaba maydonga tushib, to‘rtta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar