
“Barsa” asosiy tarkibning 8 futbolchisidan voz kechdi
“Barselona”ni katta o‘zgarishlar kutyapti. Yangi rahbariyat jamoaga foydasi kam tegayotgan futbolchilar qatorida katta maosh olayotganlaridan ham qutilishga qaror qildi.
Avvalroq, kataloniyaliklar yarim himoyachilar Filippe Koutino, Miralem Pyanich, himoyachi Samyuel Umtiti va darvozabon Netoni transfer qilishini bildirgandi.
Endi jamoadan ketishi kerak bo‘lganlar qatoriga Karles Alenya, Xinior Firpo, Rikardo Puch va Antuan Grizmann qo‘shildi. Bu futbolchilar orasida Grizmann va Koutino katta maosh olishi bilan ajralib turadi. Qolgan o‘yinchilar esa asosiy tarkibda muqim joyiga ega emas.
“Barselona” xo‘jayinlari bu transferlardan keladigan mablag‘ni erkin agent sifatida Kataloniyaga kelishi kutilayotgan Jorijino Veynaldum, Memfis Depay, Erik Garsiyaning maoshlariga yo‘naltirmoqchi.
Bundan tashqari, kataloniyaliklar boshqa transferlarni ham amalga oshirishi kutilmoqda.
Fikrlar