"Barsa" besh futbolchi bilan xayrlashadi

  • 25.08.2026 07:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» transfer oynasi yopilguncha bir qator futbolchilar bilan xayrlashishi mumkin.

Jurnalist Xose Al’vares ma’lumotiga ko‘ra, klub tarkibidan Frenki de Yong, Mark Kasado, Ektor Fort, Alehandro Bal’de va Jyul’ Kunde ketishi ehtimol qilinmoqda. Ularning har biriga boshqa jamoalardan qiziqish katta, shu bois yozgi transfer oynasi yakunlanguncha jamoasini almashtirib qolishi mumkin.

So‘nggi paytlarda Frenki de Yong nomini «Manchester Siti» bilan bog‘lashmoqda. Mark Kasado Saudiya Arabistoni klublaridan taklif olgani aytilmoqda. Ektor Fortga «Real Sos’yedad» va Dortmundning «Borussiya» jamoasi da’vogarlik qilmoqda. Alehandro Bal’de xizmatlariga esa «Manchester Yunayted» qiziqyapti. Jyul’ Kunde ham Angliya Premyer-ligasi klublari diqqat markazida turibdi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» yangi mavsumni La Ligada yirik g‘alaba bilan boshladi. Jamoa «El’che» ustidan 5:0 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!