“Barsa” besh futbolchi bilan muzokara boshladi

  • 16 sentabr, 2024, 16:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” mutasaddilari asosiy tarkibdagi besh nafar futbolchi bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.

Klub Frenki de Yong, Ronald Arauxo, Pedri, Ferminom Lopes va Mark Bernal vakillarini suhbatga chaqirdi. Bu futbolchilardan to‘rt nafarining shartnomasi ikki yildan keyin tugaydi. Faqatgina Fermin Lopes 2027 yilning yozigacha klub bilan bog‘langan.

“Barselona” o‘tgan yozda katta maosh olayotgan Frenki de Yong va Ronald Arauxoni sotib yuborishga uringandi. Jarohati tufayli jamoaga yordam bera olmagan har ikki o‘yinchi Kataloniyadan ketishdan bosh tortmoqda.

Mundo Deportivo nashrining ta’kidlashicha, bu o‘yinchilar klub talablari asosidagi shartnomaga ko‘nmasa, yozgi transferlar vaqtida sotib yuboriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!