"Barsa" bu futbolchi bilan qishdayoq shartnoma imzolamoqchi

  • 27 oktabr, 2021, 19:26
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Monako"ning hujumkor yarim himoyachisi Enrike Kayo "Barselona" qiziqishlari doirasiga tushdi. 

Kataloniya klubi skautlari braziliyalik futbolchini ancha vaqtdan buyon kuzatib kelmoqda va uni "Barsa" qishki transferlar oynasida o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Ayni damda frantsuz klubi 24 yoshli o‘yinchi uchun 16 million evro so‘rayapti. 

Ma’lumot o‘rnida, Kayo bu mavsum jami 17 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!