“Barsa” bu futbolchi Xolanddan zo‘rligiga ishonmoqda

  • 9 may, 2021, 21:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Bu borada kataloniyalik mutasaddilar bir necha futbolchilar bilan muzokara olib bormoqda.

Tecno

Kataloniyaliklar nishonida turgan hujumchilar orasida Doniell Molen ham bor. Ronald Kuman “Barsa”ga mana shu 22 yoshli hamyurtini olib kelinishini istayapti. Niderlandiyalik mutaxassis agar klub rahbariyati “Borusssiya” hujumchisi Erling Xolandni qo‘lga kirita olmasa, norvegiyalik hujumchi o‘rnini aynan Malen bosishiga ishonmoqda.

PSV qator grandlar o‘z safiga chorlayotgan Malenni 30 million evroga baholagan. Bu futbolchi Niderlandiya chempionatida 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 17 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ettita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!