
“Barsa” bu narxga Grizmanni sotmadi
“Barselona” futbolchisi hisoboangan Antuan Grizmann ijara asosida “Atletiko”da o‘ynab yuribdi. Madridliklarda frantsiyalik forvardni sotib olish huquqi bor.
Tomonlar kelishuviga ko‘ra, Grizmann “Atletiko”da foiz o‘yinlarda qatnashsa, uni 40 million evroga sotib olish majburiyati yuzaga keladi. Madridliklar bu optsiya ishga tushib ketmasligi uchun to‘purarning o‘yinlari vaqti va sonini chegaralab turibdi.
Grizmanning o‘zi har ikki klub rahbariyatiga murojaat qilib, transfer borasida kelishib olishni so‘radi.
“Atletiko” 31 yoshli futbolchi uchun kataloniyaliklarga 15 million evro bu summani uch yil davomida to‘lab borishni taklif qilib, rad javobini oldi.
Fikrlar