“Barsa”: Bu yulduzni hech qachon sotib olmaymiz!

  • 06.05.2026 14:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” avvalgi mavsumlarda bir necha marotaba “Atletik Bilbao”ning yetakchi oʻyinchisi Niko Uilyamsni transfer qilishga urinib koʻrgan edi.

Biroq muzokaralar jarayoni yakunlanib, kataloniyaliklar Nikoni oʻz safiga qoʻshib olishga tayyorgarlik koʻrayotgan bir paytda oʻyinchi fikrini oʻzgartirib, bilbaoliklar bilan 2035 yilgacha uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

23 yoshli futbolchining kutilmagan qarori “Barselona”ga juda ogʻir botdi.  The Touchline nashri xabariga koʻra, Kataloniya superklubi endi hech qachon Niko Uilyamsni transfer qilmaslikka qaror qilgan. Oʻtgan yilgi voqealardan keyin kataloniyaliklar uchun bu eshik butunlay yopilgan.

Avvalroq ispan matbuoti Niko Uilyams “Atletik Bilbao” bilan uzoq muddatli va oʻzi uchun oʻta manfaatli shartnoma tuzish uchun “Barselona” qiziqishidan foydalangani gʻaqida yozgan edi.

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!