“Barsa” chempion hujumchini oladi

  • 11 may, 2021, 14:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida “Inter” tarkibida Italiya chempioni bo‘lgan Lautaro Martinesni olishga harakat qiladi.

Aslida kataloniyaliklar argentinalik to‘purarni  o‘tgan yili transfer qilmoqchi bo‘lgandi. Biroq, milanliklar 111 million evro talab qilgani bois, “Barsa” bu maqsadidan voz kechgan edi.

Endi Joan Laporta bu transferga qaytmoqchi.

“Barselona” futbol olamida hukm surayotgan moliyaviy inqirozni hisobga olib, Lautaro uchun italiyaliklarga 60 million evro taklif qilishga tayyorligini bildirgan.  

“Inter” Martines bilan 2023 yilgacha davom etadigan bitimga ega bo‘lishiga qaramay, etakchilarini sotishga majbur. Moliyaviy inqiroz tufayli milanliklar o‘z futbolchilaridan ikki oylik maoshlaridan voz kechishlarini ham iltimos qilmoqda.

Lautaro Martines joriy mavsumda A Seriyada 35 ta uchrashuv o‘tkazib, 16 ta gol urdi va beshta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!