"Barsa"dan ketadi! Mashhur agent futbolchiga yangi jamoa qidiryapti

  • 23.08.2026 14:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» tarkibida to‘p surayotgan yosh himoyachi Alekhandro Bal’de jamoada qolishni rejalashtirayotgani yo‘q.

Insayder Jerar Romero tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi klub rahbariyati bilan yaqinida o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng jamoasini almashtirish qarorini qabul qilgan. Ayni paytda uning vakili Jorje Mendes turli takliflarni o‘rganib, Bal’de uchun mos klub topish ustida ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda ispaniyalik futbolchi La Ligada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki bor golli uzatma muallifiga aylangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!