Xolandni tanish-bilish qilib olmasak bo‘lmas ekan!

  • 11 aprel, 2022, 18:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Mundo Deportivo” nashrining ma’lum qilishicha, “Barselona” rahbariyati Erling Xoland uchun kurashga qaytgan.

Tecno

Garchi kataloniyaliklarning imkoniyati “Manchester Siti” va “Real”nikidan past sanalayotgan bo‘lsa-da, ular norvegiyalik to‘purarni o‘z jamoasiga olib kelish umidini yo‘qotgani yo‘q.

Ma’lumotlarga qaraganda, 21 yoshli hujumchining o‘yini klub prezidenti Joan Laportaga juda yoqadi. Shu bois klub rahbarining o‘zi shaxsan o‘yinchining agenti Mino Rayola bilan bog‘lanib, Xolandni Kataloniyaga olib kelishni so‘ragan.

Xolandning xaridorlariga muammo tug‘dirayotgan eng katta masala Mino Rayola va o‘yinchining otasi Alf-Inge Xolandga to‘lanadigan katta miqdordagi komissiyalardir. Laporta bu masalani hal qilishda Rayola bilan do‘stlik munosabatlaridan foydalanmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!