"Barsa" etakchisi yana bir mavsum qoladi, keyin esa...

  • 03.05.2022 18:17
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Serxio Buskets yana bir mavsum "Barselona" safida qolishga tayyor. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi. 

33 yoshli yarim himoyachini Xavi o‘z loyihasining muhim qismi deb hisoblaydi va u bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida. 

Futbolchiga MLSdan bir qator klublar "og‘iz solgan". Shunday bo‘lsa-da,  u o‘ziga kelgan barcha takliflarni rad etgan. Serxio 2023 yilda Amerika Ligasiga yo‘l olishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Buskets joriy mavsum La Liga doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!