Asosiy mazmunga oʻtish

"Barsa" futbolchilari uylarini oʻmargan oʻgʻrilar toʻdasi qoʻlga olindi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Professional oʻgʻrilar ekan

Kataloniya politsiyasi «Barselona» futbol klubi bir qator o‘yinchilari uylariga hamda boshqa qimmatbaho ko‘chmas mulklarga qilingan o‘g‘irliklarda gumonlanayotgan uch nafar shaxsni qo‘lga oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoiy guruh faoliyati shundan so‘ng fosh etilganki, gumondorlardan biri o‘z qo‘liga tushgan soatlar bilan maqtanib yurgan. Ushbu soatlar «Barselona» futbolchilari Kubarsi va Joan Garsiyaga tegishli ekani aniqlandi.

Mashhur manbalardan derbyderbyderby.it nashri La Vanguardia gazetasiga tayanib xabar berishicha, Kataloniya politsiyasi Barselona atrofida yashovchi boy oilalar uylarida sodir etilgan bir qator o‘g‘irliklarga aloqador uch nafar shaxsni aniqlab, ushlagan. Ular orasida «Barselona»ning bir necha futbolchilari yashaydigan uylar ham bor.

Qo‘lga olinganlar orasida: 58 yoshli Kosovo fuqarosi — qimmatbaho uylani o‘marishga ixtisoslashgan shaxs; 51 yoshli ispaniyalik — huquqni muhofaza qilish idoralariga kokain savdosi bilan tanish bo‘lgan gumondor; shuningdek, 40 yoshli ispaniyalik ayol — u oldin ham 18 marta turli qonunbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q