“Barsa” futbolchisi ikkita zo‘r klubdan taklif oldi

  • 11 may, 2021, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan yozda “Yuventus”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan pleymeyker Miralem Pyanich Ispaniyada o‘zi kutgan darajada o‘yin ko‘rsata olmayapti. Shunga qaramay,  bir necha qudratli klublar bosniyalik yarim himoyachini o‘z safiga chorlamoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Miralem Pyanichga Chempionlar ligasi finaliga yo‘llanma olgan “Chelsi” va muddatidan oldin Italiya chempionligiga sazovor bo‘lgan “Inter” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman 31 yoshli yarim himoyachiga u qadar ishonch bildirmayapti. Shu bois fubolchining o‘zi ham yangi jamoaga o‘tishga qarshi emas.

Pyanich joriy mavsumda La Ligada atigi 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!