
"Barsa" futbolchisi Italiyaga yo‘l olishi mumkin
"Barselona" yarim himoyachisi Artur Melo "Inter" qiziqishlari doirasiga kirdi.
"Neradzurrilar" rahbariyati braziliyalik futbolchining o‘yiniga yuqori baho bermoqda va uni yangi mavsumda o‘z tarkibiga qo‘shib olishga urinib ko‘rmoqchi.
Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, "Inter" Lautaro Martines transferidan keladigan mablag‘ni Artur yoki "RB Leyptsig" hujumchisi Timo Vernerga sarflash niyatida.
Fikrlar