“Barsa” futbolchisi ketishdan bosh tortyapti

  • 17 noyabr, 2020, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Ispaniya  ommaviy axborot vositalari Ronald Kuman qishda xayrlashadigan futbolchilar nomini e’lon qilgani haqida yozgan edi.Ketadiganlar ro‘yxatida yil boshida olingan hujumchi Martin Breytueytning nomi ham bor.

Tecno

Daniyalik hujumchining o‘zi Kataloniyadan ketish niyati yo‘qligini oshkor qildi.

- Matbuotni kuzatmayman. Haytimda o‘zimga nima kerakligini yaxshi bilaman. Albatta, ayrim gap-so‘zlar qulog‘imga chalindi. Lekin e’tibor bermadim. “Barselona” katta klub.  Ommaviy axborot vositalari e’tibor tortish uchun istagani yozaveradi.

Men o‘zim orzu qilgan joydaman. Men bu erda o‘sishga erishyapman, xotirjam va baxtliman, - dedi Breytueyt.

29 yoshli hujumchi joriy mavsumda atigi to‘rtta o‘yinda ishtirok etib, maydonda qirq daqiqa atrofida to‘p tepdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!