"Barsa" futbolchisi klub uning raqamini yangi yulduzga berganidan norozi

  • 23.08.2026 16:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado o‘zining sevimli raqamidan ayrildi.

Klubning yangi futbolchisi Entoni Gordonga 17-raqamli forma berildi. Endi bu raqam klub bo‘lgan 22 yoshli Kasadoga tegishli emas. 

Jurnalist Jerar Romero ma'lumotiga ko‘ra, yarim himoyachi klub qaroridan juda norozi va o‘zini haqorat qilingandek his qilmoqda. 

Kelasi hafta ispaniyalik futbolchi o‘z kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qiladi. Unga Saudiya Arabistoni va Turkiya klublaridan takliflar bor.

Mark Kasado «Barselona»ning asosiy jamoasi safida 75 ta o‘yin o‘tkazgan. U shu vaqt mobaynida bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan va yetti marta golli pas bilan sheriklariga yordam bergan.

Entoni Gordon esa bu yozda «Nyukasl»dan «Barsa»ga ko‘chib o‘tdi. Kataloniya klubi uning transferi uchun 80 million yevro to‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!