“Barsa” futbolchisi Saudiyaga boradi

  • 10.07.2026 10:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasado Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Marca nashri ma'lum qilishicha, saudiyaliklar 22 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun jiddiy harakat boshladi. Kasado hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan, ammo bu taklif moliyaviy jihatdan juda jozibador ekanini tushunmoqda.

“Barselona” esa transferdan asosiy to‘lov va bonuslar hisobidan taxminan 30 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Kataloniya klubi jamoa 13 iyul kuni yig‘inni boshlashidan oldin ushbu masalani hal qilishni istamoqda.

Kasado “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda 34 ta o‘yinda qatnashib, bitta golli uzatma bergan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha tuzilgan. Transfermarkt uning qiymatini 18 million yevro, deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!