"Barsa" futbolchisi uchun APLning 3ta grandi kurashadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
"Barselona" himoyachisi Serjino Dest jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "El Nacional" nashri yozmoqda.
 
Manbaning xabariga ko‘ra, amerikalik futbolchiga APLning 3ta klubi qiziqish bildirmoqda. "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" 21 yoshli fulbekni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.  "Barsa" Destni 30 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. 

Joriy mavsum Dest 16ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta golga assistentlik qilgan. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi kelishuvi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!