"Barsa" futbolchisini Angliyaga sotishga tayyor
«Barselona» yarim himoyachisi Mark Bernal yaqin yillarda «Enfild»ga yo‘l olishi mumkin. Bu haqida jurnalist Xuan Xesus xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» 19 yoshli ispaniyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aytilishicha, «Barselona» 2027 yildan boshlab Bernal bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekani haqida mersisayd klubi vakillariga allaqachon ma’lum qilgan.
Joriy mavsumda Mark Bernal turli musobaqalar doirasida sakkiz o‘yinda maydonga tushib, ikki golli uzatma muallifiga aylandi.
Futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali mutaxassislari yosh yarim himoyachining bozor qiymatini 40 million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar