“Barsa” grandlar so‘rayotgan futbolchisini qimmat baholayapti

  • 11.10.2026 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Chelsi» o‘tgan yozda ham qiziqish bildirgan «Barselona» himoyachisi Jyul Kundega yana e’tibor qaratmoqda. London klubi 27 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida sotib olishga urinib ko‘rishi mumkin. Bu haqida Sport.es xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Germaniyaning «Bavariya» klubi ham Fransiya terma jamoasi himoyachisining o‘yinlarini kuzatib bormoqda.

Qayd etilishicha, «Barselona» Kundening transferi uchun kamida 50 million yevro talab qiladi. Biroq futbolchining o‘zi kataloniyaliklar safini tark etishni istamayotgani aytilmoqda.

27 yoshli himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida beshta uchrashuvda maydonga tushib, jami 261 daqiqa o‘ynadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!