“Barsa” Gvardiola himoyachisini olishni ma’qul ko’rdi
Ispaniya chempionati yetakchisi “Barselona” himoya markazini kuchaytira oladigan oʻyinchi qidirmoqda. Ayni paytda sport direktori Deku qoʻl ostida ishlayotgan bir necha skautlar bosh murabbiy Hans-Diter Flik oʻyin uslubiga mos tushadigan himoyachilarni kuzatyapti.
Sport.es saytining yozishicha, hozir Kataloniya klubi mutasaddilariga “Manchester Siti” markaziy himoyachisi Natan Akening profili “Chelsi” vakili Aksel Disasi variantiga nisbatan koʻproq maʼqul kelmoqda.
Manba maʼlumotlariga koʻra, niderlandiyalik futbolchining oʻzi ham “Barselona”ga oʻtish imkoniyatiga ijobiy qaraydi.
“Manchester Siti” rahbariyati Xosep Gvardiola rejasiga kirmagan oʻyinchidan toʻliq qutilish niyatida “Barselona” uni toʻliq sotib olishini yoki boshqa futbolchi transferi doirasida olishini istayapti. “Barselona” esa, Akeni mavsum oxiriga qadar ijarada oʻynatish variantini ilgari suryapti.
Fikrlar