“Barsa” hech kim tanimaydigan futbolchi bilan muzokara boshladi

  • 16.12.2025 16:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” Bundesligada “Borussiya Dortmund” sharafini himoya qilayotgan o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Sky Sport Germany jurnalisti Patrik Berger X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar nishoniga himoyachi Yulian Ryuerson tushgan. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik bu o‘yinchi jamoa markaziy himoyachisi Jyul Kundening o‘rnini bosa olishiga  ishonmoqda.

Ta’kidlash joizki, 28 yoshli norvegiyalik futbolchi futbol jamoatchiligiga tanilgan yulduzlar qatoriga kirmaydi.

“Barselona” mutasaddilari Ryuersonning agentlari bilan hamkorlik bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan.

Asosan o‘ng qanot himoyasida o‘ynaydigan Yulian “Viking” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2018 yili u Germaniyaning “Union Berlin” klubiga transfer qilingan.

“Borussiya” bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchini 2023 yilning yozida atigi 5 million evroga xarid qilgan edi. Dortmundliklar bilan 2028 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega o‘yinchi ayni paytda 20 million evroga baholanyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!