
“Barsa” hujumchisiga APLning ikki klubi da’vogar
"Barselona" hujumchisi Memfis Depay Premer liga klublaridan ikkita taklif oldi. Futbolchiga nomzodlar Shimoliy Londonning ikki klubi "Tottenxem" va "Arsenal" hisoblanadi.
Kataloniya klubi hujumchi ortidan 20 million evro foyda ko‘rmoqchi. "Tottenxem" esa unga 17 million taklif qilmoqda. Biroq bu summa “ko‘k-anorranglilar”ni qanoatlantirmadi. Avvalroq, transfer oynasi oxiriga kelib kataloniyaliklar Depayni 15 million evaziga qo‘yib yuborishga tayyor bo‘lishlari haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Bundan tashqari, ispan manbalarining xabar berishicha, hujumchiga "Arsenal" ham da’vogarlik qilmoqda.
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi futbolchi Kataloniya klubining yangi mavsumdagi rejalariga kiritilmaganini aytdi.
Depay o‘tgan mavsumda La Liga doirasidagi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol va 2 ta assistni yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar