“Barsa” ikki yulduz uchun bir necha o‘yinchidan voz kechadi

  • 22.07.2024 10:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida “Evro-2024” qahramonlaridan ikki nafarini jamoaga qo‘shib olishga urinmoqda.

Kataloniyaliklar sport direktori Deku Evropa chempionlari – “Atletik” hujumkor futbolchisi Niko Uilyams va “Leyptsig” pleymeykeri Daniel Olmo transferini muvaffaqiyatli yakunlashga harakat qilyapti.

Sport.es. saytining yozishicha, bu ikki futbolchi qo‘lga kiritilgan taqdirda kataloniyaliklar bir necha o‘yinchisidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

“Barselona” xo‘jayinlari ketadiganlar ro‘yxatiga  Ansu Fati va braziliyalik legioner Vitor Rokeni kiritdi. Bundan tashqari, kataloniyaliklar “Atletiko”dan ijaraga olingan Joau Feliksni to‘liq transfer qilish fikridan ham qaytadigan bo‘lyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!