“Barsa” Kumanni haydaydigan bo‘ldi. O‘rnini kim egallaydi?
Manbalarning xabar berishicha, “Barselona” rahbariyati mavsum yakunlanishi bilan Ronald Kumanni bosh murabbiy lavozimidan bo‘shatish bo‘yicha bir qarorga kelgan.
Kataloniyaliklar joriy mavsumda UEFA Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatida bosh sovrinni qo‘lga kirita olmadi. Natijaga javobgar sifatida Kuman iste’foga chiqishi kerak.
Shunga qaramay, Ronald Kumanda o‘z ishini saqlab qolishi mumkin bo‘lgan birgina imkoniyat bor. Ya’ni, klub rahbarlari bosh murabbiylikka munosib nomzod topa olmasa, niderlandiyalik mutaxassis jamoani boshqarishda davom etadi.
Ayni paytda kataloniyaliklar uch nafar murabbiy bilan muzokara olib borishni rejalashtirmoqda. “Barsa” xo‘jayinlari ro‘yxatidan ikkinchi jamoa bosh murabbiyi Xavi Garsiya Pimen, “As-Sadd” ustozi Havi va “Ayaks”ni chempion qilgan Erik ten Xag nomi joy olgan.

Fikrlar