“Barsa” kutgan transfer “Real” tufayli kechiktirildi
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi himoyachisi Joau Kanselu yaqin vaqt ichida “Barselona”ga o‘tishi kerak edi. Klublar portugaliyalik futbolchining mavsum oxirigacha bo‘lgan ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishgan.
31 yoshli futbolchi juma kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tib, rasmiy kataloniyaliklar safini to‘ldirishi kerak edi. Ammo transfer e’lon qilinmadi.
Mundo Deportivo ma’lumotlariga ko‘ra, klub bor e’tiborini yakshanba kuni “Real”ga qarshi o‘tkaziladigan Ispaniya Superkubogi finaliga qaratishni ma’qul topgan.
Shu sababli Kanseluning tibbiy ko‘rigi va taqdimot marosimi “el klasiko”dan keyin, yangi haftaning ilk kunlari bo‘lib o‘tadidushanba kuni o‘tadi.
Fikrlar