
"Barsa" Kyunde bilan shartnoma tafsilotlarini e’lon qildi
"Barselona" klubi "Sevilya"dan Jyul Kunde transferini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik. Ma’lum bo‘lishicha, klub futbolchining shartnoma tafsilotlarini e’lon qilgan.
Shuningdek, Kundening tovon puli 1 milliard evro etib belgilangan. Shartnoma muddati 5 yilga amal qiladi.
Himoyachining taqdimot marosimi 1 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Tadbir yopiq eshiklar ostida o‘tkazilishi aytib o‘tilgan.
Ma’lumot o‘rnida, "ko‘k-anorranglilar" Jyulning xaridi uchun "Sevilya"ga 50+5 million evro to‘lab beradi.
Fikrlar