Asosiy mazmunga oʻtish

"Barsa" mag‘lubiyatga qarama-y "el klasiko"dan ulkan daromad oldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Alamli mag‘lubiyat bo‘ldi

Atigi bir necha oy oldin o‘rnatilgan rekorddan keyin, «Barselona» yana bir bor «el klasiko» uchrashuvidan tushgan daromad ko‘rsatkichini yangiladi. 

Bu nafaqat sport tomonidan, balki moliyaviy jihatdan ham «Real Madrid» bilan duelning qay darajada jozibador ekanini yana bir bor tasdiqladi.

«Kamp Nou»da o‘tgan navbatdagi to‘qnashuv klub xazinasiga besh oy avval qayd etilgan ko‘rsatkichdan ancha yuqori tushum keltirdi. Bunday natijaga, avvalo, chiptalar narxining oshirilishi va VIP-o‘rinlar soni ko‘paygani hisobiga erishildi. Xususan, stadionning ikkinchi yarusida to‘rtta qo‘shimcha qator tashkil etildi.

10 may kuni bo‘lib o‘tgan va «Barselonaga La Ligada chempionlikni ta’minlab bergan «el klasiko»da qayd etilgan 16 465 731 evrolik oldingi rekord endi yangilandi: joriy uchrashuvdan tushgan daromad 19 105 768 evroga yetdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q