"Barsа" Manchestеrda muammoga duch kеlgan himoyachini oladi
Kataloniyaliklar vaziyatdan foydalaniib qolmoqchi
«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Lisandro Martines faoliyatini «Barselona»da davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar bergan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» rahbariyati argentinalik himoyachi atrofidagi vaziyatni yaqinidan kuzatib bormoqda. Kataloniya klubi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayapti. Martinesning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda nihoyasiga yetadi.
Shu bilan birga, Lisandro bilan tuzilgan bitimda «Manchester Yunayted»ga shartnomani bir yilga uzaytirish huquqini beruvchi maxsus band mavjudligi ta’kidlanmoqda. Bu esa ehtimoliy transfer muzokaralarini yanada murakkablashtirishi mumkin.
Joriy mavsumda 28 yoshli Martines barcha musobaqalar doirasida sakkizta uchrashuvda maydonga tushdi va bir bor gol urdi.
Ta’kidlash joizki, Lisandro Martines yaqinda ommaviy axborot vositalari orqali klub rahbariyatini keskin tanqid qilganidan keyin o‘rtada ziddiyat kelib chiqqan edi. Bu holat futbolchining ketishiga yo‘l ochishi mumkinligi aytilmoqda.
Izohlar (0)