“Barsa” maqsadi uchun bir futbolchini “qurbon” qiladi
“Barselona” yarim himoyachisi Mark Kasado “Al-Hilol” qanot himoyachisi Joau Kanseluni Kataloniya klubiga to‘liq transfer qilish jarayonida muhim figuraga aylanishi mumkin.
Saudiya Arabistoni klubi 22 yoshli futbolchiga yanvar oyidan beri qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Mundo Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar qishda “Al-Hilol”dan ijaraga olingan Kanselu agar hozirgi o‘yin darajasini saqlab qolsa, mavsum oxirida uni doimiy asosda sotib olishga tayyor. Portugaliyalik futbolchi ham jamoada qolishni istamoqda.
“Barselona” shayxlar nazariga tushgan Kasadoni 20 million yevroga baholamoqda. “Al-Hilol” esa, Kanselu uchun 15 million olishni mo‘ljallayapti. Kataloniyaliklar o‘yinchilar rokirovkasini amalga oshirishni ehtimoliy varaint sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Joriy mavsumda Kasado barcha musobaqalarda 29 ta o‘yinda ishtirok etib, birta golli uzatma berdi. Kanselu esa Kataloniyaga kelganidan beri “Barselona” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol va to‘rt assist qayd etgan.

Fikrlar