“Barsa” mashhur yulduz bilan shartnoma tuzdi

  • 15.10.2025 17:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” jamoa uchun muhim ahamiyatga ega niderlandiyalik pleymeyker Frenki de Yongni hamkorlikni uzaytirishga ko‘ndirishni uddaladi.

Kataloniyaliklarning rasmiy sayti 28 yoshli yarim himoyachi klub bilan kelishuvni 2029 yilning 30 iyunigacha uzaytirgani haqida xabar tarqatdi.

Ilgari Niderlandiyaning “Ayaks” klubida to‘p tepgan Frenki de Yong 2019 yildan beri “Barselona” sharafini himoya qilib kelmoqda. Hozirga qadar Ispaniya chempionatida 183 ta uchrashuv o‘tkazgan futbolchi raqiblar darvozasiga 14 ta gol urib, jamoadoshlariga 16 ta golli pas uzatgan.

Le Yong kataloniyaliklar bila birga ikki bor Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!