“Barsa” Messi masalasini bugun hal qiladi

  • 3 sentabr, 2020, 14:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Messi masalasi hal qiluvchi pallaga kirdi. Kataloniya klubi futbolchining kelajagi bo‘yicha bugun yakuniy qarorga kelishi kerak.

Tecno

Garchi Messining o‘zi klubdan ketishni istayotgan va otasi o‘g‘lini Kataloniyada qolmasligini ta’kidlayotgan bo‘lsa-da, futbolchi shartnomadagi majburiyatini oxirigacha bajarishga majbur. Buni Leoning o‘zi ham yaxshi tushinib turibdi. Vaziyatga yaqin manbalar argentinalik hujumchini jamoada qolishi 90 foizga baholamoqda.

Bu borada Bartomeu qat’iy pozitsiyani egallab turibdi. U futbolchining ketishini muhokama qilmayapti. Transfer so‘rovlariga ham javob bermadi. Uning qaroriga ko‘ra, Messi jamoada qolishi kerak. Ketib qoladigan bo‘lsa ish sudga oshiriladi.  

Qolaversa, ayni paytda grand klublarning aksariyati Messini transfer qilishdan bosh tortmoqda.

Xorxe Messi: O‘g‘lim bu erda qolmaydi!

Messi mojaroda mag‘lubiyatga uchramoqda

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!