“Barsa”: Messining yonida superhujumchi o‘ynaydi!

  • 05.04.2021 09:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqinda joriy mavsumda Erling Xolandni qo‘lga kirita olmasligini tan olgan “Barselona” yozda Harri Keynga shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Angliyalik hujumch faoliyati davomida nufuzli sovrinlarni egallashni istaydi. “Tottenxem” bir necha yildan beri katta musobaqalarda muvaffaqiyatsiz qatnashmoqda. Shu bois, 27 yoshli hujumchi London klubini tark etmoqchi.

Keynga asosan Manchester klublari xaridor bo‘lmoqda. “Tottenxem” rahbariyati mohir hujumchini Angliyadan tashqariga sotmoqchi.

Joriy mavsumda Harri Keyn 19 ta gol va 13 ta assist bilan har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha premer-ligada etakchilik qilmoqda. Transfer summasi 120 million funt atrofida baholanayotgan hujumchiga “Real” va “Yuventus”dan ham taklif bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!