"Barsa" navbatdagi transferni hal qildi. Transfer kataloniyaliklarga yana tekinga tushadi
"Barselona" yozgi transfer oynasida o‘z tarkibini yarim himoyachi bilan kuchaytirmoqchi.
Jurnalist Jerar Romeroning ma’lum qilishicha, "Milan" futbolchisi Frank Kesse faoliyatini kataloniyaliklar safida davom ettirishga yaqin turibdi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan.
Ivuarlik yarim himoyachi "ko‘k-anorranglilar" tarkibiga yozda erkin agent sifatida kelib qo‘shiladi. U aynan "Barsa"ga o‘tish uchun "rossonerilar" bilan yangi shartnoma imzolamayapti.
25 yoshli futbolchi 2019 yildan beri milanliklar sharafini himoya qilib keladi. Uning transfer narxi 45 millon evroga teng.
Fikrlar