"Barsa"ning supertransfer bo‘yicha ikki taklifi rad etildi
«Bornmut» klubi hujumchi Eli Krupi bo‘yicha «Barselona»dan kelgan ikki taklifni rad etdi. Bu haqida fransuz nashri L’Équipe xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz klubi kataloniyaliklar tomonidan yuborilgan ikki taklifni ko‘rib chiqqan, ammo har ikkisi ham 100 million yevro miqdoriga yetmagani uchun ma’qullanmagan.
Shu bilan birga, futbolchining o‘zi «Barselona» safiga qo‘shilish istagini bildirgani, bu haqida yaqinlariga aytgani qayd etilmoqda. Internet tarmoqlarida esa uning bolalikda kataloniyaliklar formasida tushgan surati tarqalgan.
O‘tgan mavsumda Eli Krupi «Bornmut» tarkibida 35 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 70 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar